«yoshlar bilan uchrashuv» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev haykallar oldida noma’qul harakatlar qilgan tiktokerlarni tanqid qildi
1 iyul 2021, 15:10

Shavkat Mirziyoyev haykallar oldida noma’qul harakatlar qilgan tiktokerlarni tanqid qildi

Prezident Alisher Navoiy, Amir Temur, Motamsaro ona haykallari yonida ayrim tiktokerlar tomonidan sodir etilgan noma’qul harakatlar uni ranjitganini aytib, ularni tanqid qildi. «Bu bolalarning ota-onasi, bobo-momolari, o‘qituvchi va muallimlari¸ qolaversa, mahalla-ko‘y, yoshlar bilan ishlaydigan mas’ul mutasaddilar qayerga qarayapti?», — dedi u. Qolaversa, bu kabi huquqbuzarlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi ma’lum qilindi.

Xorijdagi iqtidorli yoshlarni vatanga qaytarish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
30 iyun 2021, 23:16

Xorijdagi iqtidorli yoshlarni vatanga qaytarish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Prezident xorijdagi o‘zbek yoshlarini qaytarish uchun yangi tizim yaratilishini qayd etdi. «Yuksak bilim va malakaga ega yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz», — dedi u. Ular rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida ko‘riladi, uy-joy va munosib maosh bilan ta’minlanadi.

Faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktiriladi
30 iyun 2021, 20:45

Faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktiriladi

Prezident O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida faol yoshlar yuqori va quyi palata a’zolariga biriktirilishi, mahalliy kengashlarda ham yoshlar parlamenti tashkil etilishini ma’lum qildi. «Ushbu tizim asosida siyosiy yetuk va faol yosh yigit-qizlar parlament va mahalliy kengashlar faoliyatiga yanada kengroq jalb etamiz», — dedi u.

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi
28 iyun 2021, 11:26 2

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi
25 dekabr 2020, 18:01

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.

Qashqadaryo viloyatida 26 mingdan ortiq yoshlar ishsiz ekani aniqlandi
13 noyabr 2020, 11:54

Qashqadaryo viloyatida 26 mingdan ortiq yoshlar ishsiz ekani aniqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalarida ochiq muloqot qildi. Suhbat chog‘ida viloyat bo‘ylab 26 mingdan ortiq yoshlar ishsiz ekani va tadbirkorlik rivoji darajasi ancha pastligi qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting